Ramazon hayiti kuni ertaga e’lon qilinadi

Fatvo markazining ma’lum qilishicha, 20 aprel kuni yakuniy xulosalar taqdim etiladi.

“Ramazon ro‘zasining boshlanishi va tugashi faqat yurt muftiysi tomonidan e’lon qilinadi, mo‘min-musulmonlar esa shu fatvoga ergashishlari shart bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, internet saytlari va tarmoq foydalanuvchilaridan ushbu masalada turli xabarlarni tarqatish orqali xalqni asl vaziyatdan chalg‘itmaslik so‘ralgan.

Ramazon hayiti 21 aprel, jumaga to‘g‘ri kelishi haqida dastlabki xulosalar mavjud, biroq rasman hali e’lon qilingani yo‘q.