Rasman: Test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi
Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qilishicha, 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.
Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Binolar Bilimni baholash agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tanlab olingan. Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilgan bo‘lib, binolar ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.