Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar uchun ipoteka kreditlari ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 apreldagi “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-sonli farmoniga asosan:

- banklarga rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimini joriy qilishga ruxsat etiladi.

Ma’lumot uchun:

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi xodimi Azamat Qosimovga ko‘ra, 2023 yilning 5 oyi davomida Samarqand viloyatida tijorat banklari tomonidan 1 803 nafar fuqarolarga 431,2 mlrd. so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi. Ushbu ajratilgan ipoteka kreditlarning 37 foizi ya’ni 673 nafarini xotin-qizlar, 63 foizi ya’ni 1 130 nafarini erkaklar tashkil etadi. Shuningdek, 483 nafar yoshlarga 123,4 mlrd. so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan.

⏺ Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari 2017 yilga nisbatan 6 barobarga oshgan.

  Ajratilgan ipoteka kreditlarning:

➖ 1 317 nafar fuqarolarga birlamchi uylar sotib olish uchun 304,4 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan;

➖ 486 nafar fuqarolarga ikkilamchi uylar sotib olish uchun 126,8 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

  Ipoteka kreditlari eng ko‘p ajratilgan hududlar.

1️. Samarqand shahri - 223,4 mlrd. so‘m (858 nafar)

2️. Urgut tumani - 45,9 mlrd. so‘m (176 nafar)

3️. Jomboy tumani - 23,6 mlrd. so‘m (131 nafar).