Rejada bo‘lmagach…
Kecha ertalab soat 8 gacha Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek, Beruniy va Bo‘stonsaroy ko‘chalarini hisobga olmaganda, boshqa yo‘llarga qum sepilmagani shunday xulosaga kelishimizga sabab bo‘ldi. Keyinchalik muzlagan yo‘llarga qum sepildi. Lekin soat 8 gacha yo‘lga chiqqan ishchilar, talaba va o‘quvchilarning asosiy qismi o‘qish, ish joyiga vaqtida yetib borisholmadi.
Tuman markazlarida esa muz paytida yo‘lga qum yoki tuz sepish hali odat ham bo‘lgani yo‘q. Demak, bor-yo‘g‘i 1,5-2 oyda kechadigan qishki mavsum uchun tartibli tizim yaratish va mas’uliyatni ko‘rsatish payti keldi. Vaholanki, bu tizim mavjud bo‘lganda havo haroratidan kelib chiqib, kecha tongdanoq ko‘chalarga qum sepib qo‘yilgan bo‘lardi.