Reklamani noto‘g‘ri o‘rnatgan bankka chora ko‘rildi

“Reklama to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, tashqi reklama ob’yektlarini reklama joyining pasporti bo‘lgan hollarda o‘rnatish belgilangan.
Ammo Raqobat qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “TengeBank” ATB tomonidan tashqi reklama o‘rnatish huquqi mavjud bo‘lmasa-da Samarqand bank xizmatlari markazi binosiga tashqi reklamalar o‘rnatilganligi aniqlandi.
Mazkur qonunbuzilish holati hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atgan holda ko‘rib chiqildi va ish yakuni bo‘yicha “Tenge Bank” ATBga qonun doirasida ta’sir choralari qo‘llanildi hamda kelgusida “Reklama to‘g‘risida”gi qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymalik to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
Shukrullo Shamsiyev,
Hududiy boshqarma bosh mutaxassisi.