Respublikaning 9 ta tumanida qurilish materiallari industrial zonalari tashkil etiladi: ro‘yxatda Paxtachi ham bor
Qurilish materiallari eksportini 2023 yilda 900 million dollarga yetkazish, ichki bozor uchun 5 trillion so‘mlik qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga;
- qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun kamida 7 yillik, 2 yil imtiyozli davr bilan “Sanoat ipotekasi” dasturini ishlab chiqish va bunga birinchi bosqichda 50 million dollar resurs yo‘naltirish;
- Nukus shahri, Buloqboshi, Qorovulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Sariosiyo, O‘zbekiston tumanlarida qurilish materiallari industrial zonalarini tashkil etish;
- Ispaniya, Italiya va Turkiyaning yetakchi korxonalari bilan muzokara o‘tkazib, Angrenda chinni idishlar va santexnika buyumlari ishlab chiqarish klasterini tashkil qilish;
- kelgusi yilda Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kaolindan klaster usulida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 200 million dollarlik 10 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.