Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari muammolari o‘rganildi

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining yashash va ish sharoitlarini o‘rganish maqsadida tuzilgan ishchi guruh Moskva shahrida bo‘lib turgani xabar qilingan edi.

Ishchi guruh Moskva shahridagi “Butovo park 2”da vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashdi, ularning yashash va ish sharoitlari, muammolarini o‘rgandi.

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari tomonidan bildirilgan masalalarning ba’zilari joyida hal etildi, vaqt talab etadigan muammolar bo‘yicha ish beruvchi vakillari bilan muzokaralar olib borildi.