Rossiya harbiy xarajatlarni umumiy byudjetning uchdan bir qismiga oshirmoqchi
- 04.08.2023 16:35
- 23
- Xorij
Rossiya 2023 yil uchun maqsadli mudofaa xarajatlarini ikki baravar oshirib, barcha rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining uchdan bir qismiga yetkazadi, deb yozadi Reuters hukumat hujjatiga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 2023 yilning birinchi olti oyida jami 14,97 trillion rubl sarflagan bo‘lsa, shundan 5,59 trillion rubl harbiy ehtiyojlar uchun yo‘naltirilgan. Bu olti oy davomidagi barcha xarajatlarning 37 foizdan ortig‘i.
Shu bilan birga, mudofaa byudjetiga 4,98 trillion rubl qo‘yilgan. Shunday qilib, birinchi olti oyda Rossiya urushga butun yil davomida sarflashi kerak bo‘lganidan 600 milliard ko‘p pul sarflagan.
Agentlikning ta’kidlashicha, harbiy xarajatlar oshishi byudjet taqchilligiga olib kelishi mumkin.
Teglar:
Rossiya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 48 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand