Rossiya o‘nta davlat, jumladan O‘zbekiston bilan parvozlar sonini ko‘paytiradi

Rossiya 10 iyundan Gretsiya, Ozarbayjon, Armaniston, Qatar, O‘zbekiston, Tojikiston, Misr, Serbiya, Belarus va Germaniya bilan parvozlar sonini ko‘paytirmoqda, dedi jurnalistlarga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab.

"Belarus bilan Moskva-Minsk yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini o‘zaro kelishuv asosida 10 iyundan haftada 10 martaga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, 10 iyundan Gretsiya bilan Moskva-Afina yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni haftasiga ikkitaga, Ozarbayjon (Moskva-Boku), Armaniston (Moskva-Yerevan), Qatar (Moskva-Doxa), O‘zbekiston (Moskva-Toshkent)) va Tojikiston (Moskva-Dushanbe) - haftasiga bittaga, Misr (Moskva-Qohira) va Serbiya (Moskva-Belgrad) bilan haftasiga yettita reysga ko‘payadi.

Shuningdek, Germaniya bilan Moskva-Myunxen yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro reyslar tiklanadi.