Rossiya o‘rmonida ommaviy dafn etilgan muhojirlar qabri aniqlandi
- 07.07.2020 07:30
- 1026
- Xorij

Yakutskda mahalliy parrandachilik fermasi yaqinidagi o‘rmonda noqonuniy qabrlar topildi. Ro‘yxatdan o‘tmagan qabrlarda besh nafar muhojir ko‘milgani ma’lum bo‘ldi. Ikki nafar marhumning shaxsi aniqlandi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi (TQ) boshqarmasi saytida ma’lum qilindi.
Qolgan marhumlarning shaxsi tergov xodimlari tomonidan aniqlanmoqda. Shuningdek, muhojirlarning o‘limi va noqonuniy dafn etilishi sabablari ham o‘rganilmoqda.
Dafn etilgan ikki muhojirning biri Tojikiston, ikkinchisi Qirg‘iziston fuqarosi ekanligi ma’lum qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 1 soat avval
- Mutolaa