Rossiya universitetining Toshkent filialiga 260 nafar talaba qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul kvotasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, filialga 2019-2020 o‘quv yilida 260 nafar talaba qabul qilinadi.

Ularning 30 nafari filialning Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bo‘limi bitiruvchilari hisobidan shakllantiriladi.