Rossiyada COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar soni tobora ko‘payib bormoqda
- 22.04.2020 21:15
- 266
- COVID-19
Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 57999 nafarga yetdi. Oxirgi kecha-kunduzda 5236 nafar yangi kasallanganlar aniqlandi. Bu haqda mamlakatning koronavirusga qarshi kurashish tezkor shtabi ma’lum qildi.
“Oxirgi kecha-kunduzda mamlakatning 78 hududidan 5236 nafar COVID-19 infeksiyasini yangi yuqtirganlar qayd etildi”, deya ma’lum qilindi shtabning telegram sahifasida.
Yangi kasallanganlarning 43,4 foizida klinik alomatlar kuzatilmagani ta’kidlanmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada umumiy hisobda 57999 nafar koronavirus bilan kasallanganlardan 513 nafari vafot etgan, 4420 nafar bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.