Rossiyada «Gorbachyov» spektakli namoyishini taqiqlashmoqchi
Rossiyada SSSRning birinchi prezidenti haqidagi spektakl namoyishi yuzasidan mojaro bo‘lmoqda. «Gorbachev» spektakli taqdimoti 10 oktyabrda «Millat» teatrida bo‘lib o‘tgandi. Sahnada bor-yo‘g‘i ikki qahramon: Mixail Sergeyevich (Yevgeniy Mironov) va «Raisa Maksimovna (Cho‘lpon Xamatova) o‘zaro munosabatlari talqin qilinadi.
«Rossiya kommunistlari» madaniyat vazirligiga spektaklni mamlakat hududida namoyish qilishni taqiqlashni talab qildi:
«Mixail Gorbachyovga bag‘ishlangan spektakl tarixiy xotiraga zarba, SSSRning qulashi oqibatida katta qurbonlar bergan barcha rossiyaliklar sha’niga haqoratdir. Tanazzulga yuz tutgan qudratli davlat parchalanib ketishi hamon odamlar qalbida og‘riq uyg‘otadi», dedi partiya MK raisi Maksim Suraykin talabnomada.
«Gorbachev jamg‘armasi» matbuot kotibi Vladimir Polyakov esa spektakl Gorbachyovga juda yoqqani, ayniqsa Xamatova o‘z rolini qoyilmaqom o‘ynagani, «Bu tirik Raisa Maksimovna» sifatida taassurot qoldirganini ta’kidladi», deb yozdi «AiF».
Tayyorlovchi T.MUROD.