Rossiyada meningokokk tarqalishi aniqlandi, bir kishi vafot etgan
- 07.07.2023 11:37
- 66
- Xorij
Rospotrebnadzor Yekaterinburgdagi “Ozon” ombori markazi xodimlari o‘rtasida meningokokk infeksiyasi aniqladi, deb xabar berdi agentlik.
Chorshanba holatiga ko‘ra, yettita infeksiya holati qayd etilgan edi. Bugun esa viloyat sog‘liqni saqlash vazirligi meningokokk infeksiyasiga chalingan bir bemor vafot etgani haqida xabar bergan.
Mutaxassislar kasallanganlar yashash va ish joylarida infeksiya o‘choqlari chegaralari va ular bilan aloqadagi shaxslarni aniqlagan. Dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Rospotrebnadzor profilaktik antibiotik terapiyasi va xodimlarni emlash boshlangani, allaqachon 60 dan ortiq odam emlanganini ma’lum qildi.
Teglar:
Rossiya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 35 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand