Rossiyada migrantlar uchun nafaqa berish taklif etildi
- 20.04.2020 14:43
- 155
- Xorij
Strategik tashabbuslar agentligi ishsizlik nafaqasini olish bo‘yicha mehnat migrantlarini Rossiya fuqarolariga tenglashtirish taklifi bilan Rossiya bosh vaziriga murojaat qilgan. Bu haqda TASS xabar tarqatgan.
“Tashkilotlar xodimlarini qo‘llab-quvvatlash vaqtida ishsizlik nafaqasini (va boshqa qator imtiyoz va to‘lovlarni) olish hamda bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida mehnat migrantlarini Rossiya fuqarolariga tenglashtirish lozim”, deyiladi agentlikning murojaatida.
Ta’kidlanishicha, xuddi shunday chora Portugaliyada joriy qilingan, ya’ni koronavirus va uning oqibatlariga qarshi kurash davrida 580 ming nafar mehnat migrantlari mamlakat fuqarolari bilan tenglashtirilgan.