Rossiyada tahsil olayotgan 200 nafarga yaqin talaba yurtimizga olib kelindi
- 22.07.2020 16:00
- 79
- O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahri orqali 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar sanitariya qoidalariga ko‘ra tekshiruvdan o‘tdi. Ularning yuklari ham tegishli tartibda dezinfeksiya qilindi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Tomsk shahri Sibir federal okrugida tahsil olayotgan bu talabalar sog‘lig‘ini saqlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda karantinga olinadi. So‘ngra oilasi bag‘riga qaytadi.