Rossiyada voyaga yetmaganlarga “zajigalka” sotish taqiqlangan
- 28.02.2020 09:14
- 49
- Xorij
Rossiyada voyaga yetmaganlarga (18 yoshgacha) chaqmoqtosh (zajigalka) va gaz ballonchalarini sotish va ularni to‘ldirish (zapravka) katta miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi.
Mamlakatda 2016 yildan buyon gazdan zaharlanuvchilar soni uch martaga oshgan. Agar 2016 yilda gazdan 65 nafar voyaga yetmagan taksikoman yoshlar halok bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yili ularning soni 200 nafarga yaqinlashdi.
Gaz taksikomaniyasidan asosan 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar halok bo‘lmoqda. Hatto ular orasida 6 yoshli bolalar ham bor.