Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun yangi xizmat ishga tushiriladi
- 20.10.2021 11:48
- 115
- Xorij
Rossiya Federatsiyasining davlat xizmatlari portalida 2022 yilda uchta yangi xizmatni ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu xizmatlardan biri bo‘lgan «Onlayn mehnat migratsiyasi» orqali Rossiya hududidagi bo‘sh ish o‘rinlarini izlash, ish beruvchi vakillari bilan onlayn suhbatdan o‘tish va mehnat shartnomalarini tuzish ko‘zda tutilmoqda.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari D.Chernishenkoning ma’lum qilishicha, «Onlayn mehnat migratsiyasi» xizmati doirasida, shuningdek, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi hamda aholi bandligiga ko‘maklashish sohasida kompleks elektron xizmatlar ishga tushiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa