Rossiyadagi parranda zavodida ishlayotgan o‘zbekistonliklar ish tashlash e’lon qildi

Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi 2019 yil 11 dekabr kuni Yaroslav oblasti Ribinsk rayonida joylashgan “Yaroslavskiy broyler” aksiyadorlik jamiyatida ishlaydigan 75 nafar O‘zbekiston fuqarolari ish beruvchi bilan o‘rtalarida kelib chiqqan mojaro sabab mazkur korxonadan chiqib ketgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Elchixonaning konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga oldi. Ikki tomondan olingan ma’lumotga ko‘ra nizo bartaraf etilgan hamda barcha ishchilar o‘z vazifalariga qaytgan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kastroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Orlov oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.