Rossiyaga katta miqdorda giyohvand moddalarni qovun va gilos orasiga yashirib olib kirgan guruh qamaldi
Moskva viloyat sudi Rossiya sudlov tizimi tarixida ilk marta giyohvand modda sotuvchisi Sherali Tabarovga umrbodlik qamoq jazosi berdi. U Rossiyaga 700 kg geroin olib kirgan.
Sherali Tabarov va uning sheriklari Rossiyaga uzoq yillardan beri Tojikistondan olib kelinadigan gilos, qovun kabi meva va sabzavotlar orasiga geroin giyohvand moddasini yashirib olib kirib sotib kelgan.
Guruh jami 15 kishidan iborat bo‘lgan. Sud hukmiga ko‘ra Tabarov umrbod qamoq jazosini olgan bo‘lsa, uning 14 nafar sheriklari 25 yilgacha qattiq rejimli koloniyalarda saqlash sharti bilan qamoq jazosi oldilar.
Tabarov bundan oldin, 2003 yilda ham giyohvand moddalarning oldi-sotdisida ayblanib Ulyanovsk viloyati, Iznen rayon sudi tomonidan 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini olgan Tojikistonning so‘roviga ko‘ra, qamoq muddatini o‘tash uchun vataniga ekstraditsiya qilingan. Keyinchalik Tojikistonda amnistiya qo‘llanib, qamoqdan ozod bo‘lgan edi.
Bu safar sud uni xavfli retsividist deb topdi va umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.