Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga yetib keldi, ular koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi
Avvalroq Rossiyaning nufuzli tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan 40 nafarga yaqin mutaxassisdan iborat nufuzli tibbiy guruh tashrifi kutilayotgani haqida xabar bergan edik, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Rossiyalik mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Reanimatolog, pulmonolog, infeksionist, virusolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar bir oy davomida koronavirusga chalinganlarni davolash muassasalarida shifokorlarimiz bilan hamkorlikda ish olib boradi. Xususan, rossiyalik mutaxassislar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida, shuningdek qator viloyatlardagi shu sohaga ixtisoslashgan shifoxonalarda faoliyat ko‘rsatishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.