Saida Mirziyoyeva farzandlari haqida hikoya qilib berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva o‘zining farzandlari – o‘g‘li Miromon va qizi Saodatning iste’dodi va muvaffaqiyatlari haqida hikoya qilib berdi.

Mamlakat rahbarini qizining fikricha ota–onalar farzandining yutug‘idan, garchi u kichik yutuq bo‘lsa ham, har doim quvonadi va ularning kelajagi nurli bo‘lishiga ishonadi. Agar farzand tarbiyali va ilmli bo‘lsa ishonch ikki hissa ortadi.

Saida Mirziyoyevaning yozishicha, o‘g‘li allaqachon trigonometriya va geometriya masalalarini osongina yechayapti. Uning chizgan suratlari esa tobora jonli chiqmoqda.

Qizi esa musiqa darslarida allaqachon Betxovenning "Elizaga" musiqasini o‘rganayapti. Shuningdek, o‘z ona tilisi o‘zbek tili yoniga ingliz, fransuz va rus tillarini qo‘shish uchun bu tillarni ham o‘rganayapti.