Salexard maktab o‘quvchilari 220 ming rubl va hujjatlarni o‘zbek muhojiriga qaytarib berdilar
- 29.04.2019 11:38
- 79
- Xorij
Gimnaziya talabalari tufayli katta miqdorda pul va hujjatlarni yo‘qotgan o‘zbekistonlik muhojir yo‘qotganlarini qaytarib oldi, deb xabar bermoqda nuz.uz.
Voqea Rossiyaning Salexard shahrida - Yamalo-Nenets avtonom rayonining ma’muriy markazida bo‘lib o‘tdi.
Maktabdan uyiga qaytayotgan shahar gimnaziyasining oltinchi sinf o‘quvchilari yo‘l yaqinidagi qor ustida yotgan qora paketni topdilar.
Paket ichida, 220 ming rubl pul bor edi. Shuningdek, unda O‘zbekiston fuqarosining pasporti, immigratsiya kartasi, tibbiy ma’lumotnoma ham bo‘lgan.
Bolalar topilmani eng yaqin politsiya idorasiga olib kelishdi. Topilgan hujjatlar va pullar o‘z egasiga qaytarildi, deb yozmoqda "Trud".
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa