Salkam 1400 yil avval shu bugungi sanada Uhud jangi bo‘lgan
Bugun 23 mart. Quyida ushbu sana bilan bog‘liq ayrim muhim bayramlar, voqealar, jarayonlar va shaxslar haqidagi tarixiy ma’lumotlar haqida o‘qiysiz.
1961 yildan boshlab har yili 23 martda BMT shafeligida Butunjahon Meteorologiya kuni (World Meteorological Day) nishonlanadi. Uning shiori “Axborot asrida ob-havo, iqlim va suv”, deb nomlangan. Jahon Meteorologiya tashkilotiga hozirda 187 davlat va 6 hudud a’zo bo‘lgan.
Bugun Butunjahon matematika (World Math Day) kuni ham nishonlanadi.
625 yil – Madinaning shimolida joylashgan Uhud tog‘ida Uhud jangi bo‘lgan.
1324 yil – “O. K.” iborasining (hozir “OK”) tug‘ilgan kuni.
1749 (vafoti 1827) yil – fransuz astronomi, matematigi va fizigi, Parij FA akademigi Per Simon de Laplas dunyoga kelgan.
1876 yil – Pavel Yablochkov “elektr o‘tkazgich”ga patent olgan kuni ham yoddan ko‘tarilmaydi.
1891 yil – Angliyaning Shimoliy va Janubiy terma komandalari o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi futbol o‘yinida birinchi marta darvozada to‘r ishlatilgan.
1898 (vafoti 1968) yil – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, geolog, geomorfolog, tuproqshunos olim Yuriy Skvorsov tavallud topgan.
1933 yil – Reyxstag Gitlerga diktatorlik vakolatini bergan.
1941 yil – O‘zbekiston xalq artisti Mukambar Rahimova tavallud topgan.
1946 yil – “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev tug‘ilgan.
1992 yil – O‘zbekiston chegara qo‘shinlari tashkil etilgan.
2018 yil – Xitoy 400 ming tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega eng yirik ruda tashuvchisi – Ore Tianjinni ishlab chiqargan.
2021 yil – O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan “Aqlvoy” telekanali faoliyatini boshlagan.
2024 yil – Braziliya biotexnologlari AQShliklar ishtirokida sutida inson insulin oqsillarini ishlab chiqaradigan genetik modifikatsiyalangan transgen sigir yaratgan.