Samarqand 2017 yilda
O‘tgan davrda 2880 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektiga 270,6 ming metr kvadrat bino-inshootlar ijaraga berildi. Buning natijasida 2385 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Yil yakuni bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 78,4 foizni, xizmat ko‘rsatish sohasidagi ulushi 76,2 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
* Aholini tadbirkorlikka jalb etish maqsadida tijorat banklari tomonidan 148,5 millard so‘m kredit ajratildi. Shundan qoramolchilik bo‘yicha 13294 fuqaroga 86,9 milliard so‘m, qo‘ychilik va echkichilik bo‘yicha 1158 fuqaroga 5,5 milliard so‘m, parrandachilik bo‘yicha 4803 fuqaroga 16,4 milliard so‘m, issiqxona tashkil etish bo‘yicha 2377 fuqaroga 15,3 milliard so‘m, bog‘dorchilik bo‘yicha 1492 nafar fuqaroga 7,3 milliard so‘m, asalarichilik bo‘yicha 150 fuqaroga 1 milliard so‘m, boshqa yo‘nalishlarda 2355 fuqaroga 16 milliard so‘m kredit ajratildi.