Samarqand aeroportida zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi
![](https://static.zarnews.uz/crop/1/2/720__80_12319d25d199324c62d07a841bb539b5.jpg?img=self&v=1588987901)
Ushbu shaxs mazkur zargarlik buyumlarini notanish kimsaning iltimosiga binoan 25 AQSh dollari evaziga olib o‘tib bermoqchi bo‘lgan ekan.
Shuningdek, aynan shu reysda kelgan fuqaro M.D. ham yashil yo‘lak tartibini buzdi. U ham go‘yoki notanish kimsaning “iltimos”iga binoan 64,75 gr. og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib kirayotganida to‘xtatib qolindi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar vazni 65 gr.gacha bo‘lgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini shaxsiy extiyojlari uchun bojsiz olib kirishlari mumkin.
Raqamlarga murojaat qilsak, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 2 kilogrammga yaqin zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati