Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari Markaziy Osiyo g‘oliblari bo‘ldi

Joriy yilning mart oyida respublika miqiyosida o‘ttizinchi bor o‘tkazilgan “Yapon tili notiqlik san’ati” tanloviga Samarqand davlat chet tillar instituti mezbonlik qildi. Ushbu tanlovda respublikadagi o‘ndan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 24 nafar talaba-yoshlar ishtirok etgan edi.

Respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Qozog‘iston Respublikasida kuni kecha bo‘lib o‘tgan 25-Markaziy Osiyo “Yapon tili notiqlik san’ati” tanlovida ishtirok etdi.

Tanlovda Samarqand davlat chet tillar institutining sharq tillari fakulteti talabasi Javohir Shahobov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sharq tillari fakultetining yana bir talabasi Feruzjon Asliyev esa Markaziy Osiyo davlatlaridan ishtirok etgan raqiblari ichidan 4-o‘ringa sazovor bo‘ldi.