Samarqand davlat chet tillar institutida kitob tuhfasi aksiyasi bo‘lib o‘tdi
23 aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida bir martalik “Mehr bilan” kitob tuhfasi aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
- Tadbirda ustozlar ustozlarga, ustozlar shogirdlarga va shogirdlar ustozlarga kitob sovg‘a qilishdi, - dedi Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi Abduvali Eshqobilov. – Kitobga, ilm olishga e’tibor berilayotgani va bugungi kunda hukumatimiz darajasida savobli ishlar qilinayotgani bejizga emas. Biz ham ushbu tadbirni talabalarning kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish uchun tashkillashtirdik. Kitob – bu ma’naviy boylik. Undan nafaqat bugungi kun talabalari, balki kelajak avlod foydalanishi mumkin. 23 aprel - Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni YuNESKOning 1995 yil 28-konferensiyasida e’lon qilingan.
Aksiyani tashkil etishda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari tashabbus ko‘rsatishdi.
Tadbir davomida “Kitob olami” do‘koni, “Sharq ziyokori” kitob do‘konlari ham ishtirok etishdi.
A.Abduraimov,
Samarqand davlat chet tillar
instituti matbuot kotibi.