Samarqand dunyoning eng yirik turizm federatsiyasiga a’zo bo‘ldi
- 11.09.2019 14:33
- 158
- Sayohat
Joriy yilning 2-6 sentyabr kunlari Finlyandiyaning Xyelsinki shahrida WTCF (Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi) sammiti bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand shahrining sayyohlik salohiyati namoyish etildi.
Viloyatimizda faoliyat yuritayotgan "C.A.T.I.A" va "Bigg Travel" turistik firmalari xorijiy sayyohlik kompaniyalari bilan shartnomalar imzoladi.
Sammit tadbirlari davomida Samarqandning mazkur tashkilot a’zoligiga qabul qilingani to‘g‘risidagi sertifikat topshirildi.
Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti direktori D.Narziqulovning Xyelsinki shahri meri Jan Vapaavuori bilan uchrashuvida turizm sohasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari kelishib olindi.
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.
Teglar:
Turizm