Samarqand hamda Nara shahri hokimlari qanday kelishuvga erishmoqchi?

Joriy yilning 26-27 avgust kunlari Yaponiyaning Nara shahri meri (hokimi) Motonobu Nakagava boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand shahriga kelishi kutilyapti. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mehmonlarning ikki kunlik tashrifi davomida tarixiy meroslarni o‘rganish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha shaharlar o‘rtasida  kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Shuningdek, turizm, madaniyat sohasi hamda oliy ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari faoliyati bo‘yicha ham memorandum (ikki tilda) imzolash ko‘zda tutilgan.

Delegatsiya a’zolari ishtirokida Samarqand shahridagi ta’lim muassasalarida tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ular "Sharq taronalari" XII xalqaro musiqa festivalida ham qatnashadi.