Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida buyrak transplantatsiyasi amaliyotlari o‘tkazildi

2021 yilda ixtisoslashgan tibbiyot yo‘nalishi ham isloh qilindi. Respublikamizdagi 23 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, ularning hududlardagi 268 ta filiali hamda tumanlardagi 310 ta bo‘limlarida ilgari respublika darajasida amalga oshirilgan yuqori texnologik operatsiyalarni viloyat va tuman darajasida o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

📌 2020 yilda hududlardagi yuqori texnologik operatsiyalar ulushi 55 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 60 foizga oshirildi.

📌 Barcha viloyatlarda rentgenendovaskulyar jarrohlik va kardioxirurgiya bo‘limlari tashkil etilib, ochiq yurakda operatsiyalar bajarildi.

📌 O‘tgan yillar davomida yurtimizda 600 dan ortiq buyrak, jigar va o‘zak hujayra operatsiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazilishi natijasida fuqarolarimizning chet davlatlardagi klinikalarga chiqishi keskin kamaydi.

📌 Namangan, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida buyrak transplantatsiyasi amaliyotlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

📌 Telemeditsina orqali murakkab jarrohlik amaliyotlarining translatsiyalari soni 289 taga yetkazildi.

📌 Hududiy tibbiyot muassasalarida 604 ta yangi diagnostika hamda ilg‘or davolash usuli amaliyotga tatbiq etildi.