Samarqand sanoatiga munosib hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar rag‘batlantirildi

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand shahrida viloyat hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

Uch kun davom etgan yarmarkaning yakunida tadbirkorlar yettita nominatsiya bo‘yicha rag‘batlantirildi.

Jumladan, “Sanoatda koorperatsiya aloqalarini kengaytirish borasida eng faol korxona-2019” nominatsiyasi bo‘yicha Samarqand tumanidagi “Stekloplastik” mas’uliyati cheklangan jamiyati birinchi o‘rinni egalladi. 

Shuningdek, “Mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida eng faol korxona-2019” yo‘nalishida Samarqand tumanidagi “Inter Kristal savdo servis” korxonasi, “Sanoat mahsulotlari eksportida eng faol korxona-2019” yo‘nalishida Samarqand shahridagi “Sam Antep gilam” qo‘shma korxonasi, “Samarqand viloyati hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi - 2020dagi eng faol korxona” yo‘nalishida Samarqand shahridagi “Gold brend mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Samarqand viloyati hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi - 2020dagi eng faol hudud” nominatsiyasida Samarqand tumani, “Samarqand viloyati hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi - 2020dagi eng jozibador savdo belgisi (brendi)” nominatsiyasida Samarqand shahridagi “The best” (Net Product Lux) korxonasi, “Sanoat korxonalari orasida sifatni boshqarish ISO 9001 xalqaro standarti joriy etgan eng ilg‘or korxona - 2019” yo‘nalishida Samarqand shahridagi “Samarqand Apparel” xorijiy korxonasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tadbirda 2019 yil mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etgan rahbar va mutaxassislar Samarqand viloyati hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Baxtiyor MUSTANOV.