Samarqand shahar 3-son tug‘ruq majmuasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatda tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish uchun mavjud tibbiyot muassasalarini jahon andozalariga mos jihozlash, rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq Samarqand shahrida 3-son tug‘ruq majmuasining binosi to‘liq qayta ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan binoni qayta ta’mirlash uchun 2.5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Majmuaning infrastrukturasi zamonaviy andozalar asosida qayta ta’mirlandi. Qayta ta’mirdan chiqarilgan shifoxonada bemorlar uchun yetarli sharoit yaratildi.