Samarqand shahri va yana ikkita tuman hokimlariga o‘rinbosar tayinlandi

Samarqand shahar hokimining qaroriga asosan Hayitov Orif Boliqulovich shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Hayitov Orif Boliqulovich

O.Hayitov shu paytgacha Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori bo‘lib ishlagan.

Besh yildan buyon Urgut tumanidagi 97-umumiy o‘rta ta’lim maktabida direktor bo‘lib ishlab kelayotgan Eshonqulov Asqar Matlabovich Urgut tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Eshonqulov Asqar Matlabovich

Yavqacheva Nilufar Mahmudovna esa Ishtixon tumani hokimining aynan shu masalalar bo‘yicha o‘rinbosarligiga tayinlandi.

Yavqacheva Nilufar Mahmudovna

N.Yavqacheva shu paytgacha Ishtixon tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan.