Samarqand shahrida 20 ta, urgut va samarqand tumanida 5 tadan yangi mehmonxona quriladi

Joriy yil 24 noyabrda Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingandi. Viloyat hokimi qarori mazkur hujjat ijrosiga bag‘ishlangan bo‘lib, sohani rivojlantirishga doir bir qancha vazifalar belgilangan.

Xususan, namunaviy loyihalar asosida mehmonxonalar qurish yuzasidan investor-tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tashkil etiladi. Qurilishi rejalashtirilgan mehmonxonalar uchun xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish, ular bilan muzokaralar o‘tkazish kabi vazifalar ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

Ikki oy muddatda esa mehmonxonalarning bandligini ta’minlash hamda bron qilishning samarali tizimini joriy qilgan, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni tar­g‘ib qilgan va mehmonxona xodimlarini o‘qitgan holda faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha   marketing ishlari rejasi ishlab    chiqiladi.