Samarqand shahrida “Raqamli maktab” yagona axborot platformasi ishga tushiriladi

Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilda Samarqand shahridagi mavjud 83 ta umumta’lim maktabiga o‘quvchilar va o‘qituvchilar xavfsizligini ta’minlash, elektron davomat tizimini joriy etish maqsadida Face-ID qurilmasi o‘rnatilishi belgilangan. Hozirgi kunga qadar shahardagi 40 ta maktabga shunday qurilma o‘rnatildi.
Kecha viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Hamdamov Samarqand shahridagi 37-umumta’lim maktabining kirish qismida o‘rnatilgan o‘quvchilarni elektron yo‘qlamadan o‘tkazadigan Face-ID tizimini borib ko‘rdi. Ushbu qurilma 2024 yil fevral oyida respublika Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati qo‘riqlash bo‘limi tomonidan eksprement sifatida mazkur maktabga o‘rnatilgan.