Samarqand shahrida subsidiya uchun arizalarni qabul qilish to‘xtatildi
- 29.04.2021 12:07
- 1065
- Samarqand
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida fuqarolarga subsidiya ajratilib kelinadi.
Jumladan, 2021 yilda Samarqand shahri uchun tasdiqlangan manzilli dasturga asosan shaharda 772 nafar fuqaroga subsidiya to‘lash belgilangan. Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning 22 aprel soat 18:00 holatiga taqdim etilgan arizalar soni 2559 tani tashkil qilgan. Subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha shahar komissiyasining xulosasiga binoan bugungi kunda ijobiy xulosa olgan fuqarolar soni 772 nafarni tashkil qilgan.
Subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha Samarqand shahar komissiyasining taqdimnomasiga ko‘ra, subsidiya uchun arizalarni qabul qilish to‘xtatildi.
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa