Samarqand shahrida taksilar uchun maxsus jihozlangan to‘xtash joylari quriladi

Viloyatda aholiga transport xizmati ko‘rsatish natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda Samarqand shahridagi Dahbed, Ro‘dakiy va Shohi Zinda hamda Spitamenshox, Beruniy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmalarida yo‘nalishsiz taksilar uchun maxsus jihozlangan to‘xtash joylari qurilishi belgilandi.

  Shuningdek, bir oy muddatda ta’mirtalab ahvolda bo‘lgan Ishtixon tumanidagi 40 ta, Tayloq tumanida 33 ta, Payariqdagi 26 ta, Qo‘shrabotdagi 22 ta, Oqdaryo va Paxtachidagi 15 tadan hamda boshqa tumanlardagi oraliq bekatlarni ta’mirlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.