Samarqand shahridagi 20 nafar xotin-qiz bandligi ta’minlandi
- 14.02.2021 08:30
- 70
- Samarqand

Samarqand shahrining 3-sektori hududida 50 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, ulardagi aholi soni 122 294 nafarni tashkil etadi. Hududdagi "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Kimyogarlar shaharchasidagi “Nurafshon” madaniyat saroyida o‘tkazilgan tadbirning maqsadi ham hududda mavjud kambag‘al oilalarga ko‘maklashish hamda ularni kambag‘allikdan chiqarishga bag‘ishlandi. Jumladan, tadbir davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1607 nafar xotin-qizning muammolari aniqlangani, ularning bandligini ta’minlash, turmush sharoitini yaxshilash borasida tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Tadbir davomida "Ayollar daftari"ga kiritilgan 20 nafar xotin-qizga uyida tadbirkorlik qilish uchun tikuv mashinalari berildi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hech narsaga qaramay tirik qolish...
- 3 soat avval
- O'qing, qiziq!
“Ayollar daftari” - doimiy yordam mashinasi emas
- Kecha, 16:59
- Jamiyat
Kitob ko‘p, nega kitobxon kam?
- Kecha, 16:50
- Mutolaa
Ma’naviyat bir qadam oldinda bo‘lishi kerak
- Kecha, 16:35
- Madaniyat