Samarqand shahridagi eng uzun yo‘nalishlardan biri — 66-raqamli avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi
Samarqand shahrining yangi transport bosh rejasiga asosan 66-raqamli “Uzoq lager - Ipak yo‘li bozori” shahar avtobus yo‘nalishi harakat chizmasi o‘zgardi.
Viloyat transport boshqarmasi ma’luotiga ko‘ra, endilikda ushbu yo‘nalish “SIMETRA” xorijiy kompaniyasi master rejasi asosida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti (SamDAQU)ni Badal mahallasi bilan bog‘laydi.
Yo‘nalish SamDAQU bosh binosi, ya’ni Habib Abdullayev ko‘chasidan boshlanib, Behzod, Bobur Mirzo, usta Quli Jalolov, Gagarin, Amir Temur, Bo‘stonsaroy, Ro‘dakiy, Shohi Zinda, usta Umar Jo‘raqulov, Samarqand darvoza ko‘chasi, Pulimug‘ob mahallasi orqali Badal mahallasi bo‘ylab Mo‘’jizakor ko‘chasida harakatni yakunlaydi.
Masofasi 19,8 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda “ASIASTAR” rusumli 10 ta avtobus 12 daqiqalik interval asosida harakatlanadi.