Samarqand shahridagi xonadonlarlardan birida 1 milliard so‘mlik pirotexnika vositalari aniqlangan

Viloyat IIB va DXX viloyat boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Samarqand shahar Xo‘jagunjoyish mahallasida yashovchi shaxs qarindoshining Galaosiyo mahallasida joylashgan xonadonida sotish maqsadida jami 21 turdagi 1 ming 903 dona, taxminiy bahosi 1 mlrd. so‘m bo‘lgan pirotexnika vositalarini yashirin ravishda saqlab kelayotgani aniqlangan.

Ushbu pirotexnika vositalari ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yilgan. Noqonuniy pirotexnika vositalarini saqlab kelayotgan shaxslar qo‘lga olingan.

"Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", deya xabar bermoqda viloyat IIB.