Samarqand tadbirkorlari Sichuan provinsiyasi ishbilarmonlari bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiradi
- 22.05.2023 16:53
- 189
- Samarqand
Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasi va Samarqand tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi.
Forum ishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarning birgalikda amalga oshirilishi natijalarini muhokama qildi.

Ta’kidlandiki, bugungi kunda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi izchil rivojlanib, aniq va boy mazmunga ega bo‘lib boryapti. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, yashil energetika, elektrotexnika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, ilm-fan, metallurgiya, qurilish, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash ikki mintaqa ishbilarmon doira vakillari va tadbirkorlari oldida turgan dolzarb masaladir.
Uchrashuv savol-javoblar hamda qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Yakunda qator kelishuvlarga erishildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda suv chiqarish tizimi islohga muhtoj
- Kecha, 18:59
- Samarqand
Mushukni o‘limdan qutqargan qarg‘a
- Kecha, 16:02
- O'qing, qiziq!
Xitoy va KXDR yetakchilari nimalarni imzoladi?
- Kecha, 14:26
- Xorij