Samarqand tumanida bir oyda 50 nafar MDH va xorijlik fuqarolar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazildi
2019 yil yanvar oyi davomida Samarqand tumanida 87 nafar fuqarolar haqiqiy bo‘lmagan fuqarolik pasportlari bilan yashab yurganliklari sababli O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, 9 122 850 so‘m jarima undirildi.
Tuman hududida vaqtincha yashovchi MDH fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalariga amal qilib yashashlarini ta’minlash maqsadida olib borilgan tekshiruvlar davomida 1 nafari Tojikiston Respublikasi hududiga chiqarib yuborildi, bir nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet el fuqarolarining o‘z uylarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab yurishlariga shart-sharoit yaratib berganliklari sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan 2019 yilda jami 50 nafar MDH va xorijiy fuqarolar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 42 nafar tuman hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olganligi sababli, ushbu fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasporti rasmiylashtirildi.
Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati.