Samarqand tumanida haydovchilar tezlikni oshirgani tufayli ro‘y bergan avtohalokat natijasida 6 kishi vafot etgan
- 13.04.2019 12:15
- 671
- Samarqand
Samarqand viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Abdunabi Nosirov Samarqand tumanida aholi bilan uchrashdi.
Tuman hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda A.Nosirov hududda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari haqida gapirib, yil boshidan buyon 12 ta yo‘l-ulov hodisasi qayd etilganligini ta’kidladi. Mazkur yo‘l-transport hodisalari natijasida 6 kishi vafot etgan, 14 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.
Uchrashuvda yo‘llarda harakatlanish mobaynida yo‘l qoidalariga amal qilish, yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqaradigan asosiy omillar muhokama etildi. Ishtirokchilarga kameralarga muhrlangan, yo‘lda sodir etilgan avtohalokatlarning tasviri tushirilgan videoroliklar namoyish etildi.
Teglar:
YHXB
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa