Samarqand tumanida velosiped boshqarib ketayotgan shaxs YTH oqibatida vafot etdi
Kecha, 10 aprel kuni soat 21:00 da Samarqand tumani "Yangijoy" mahallasi hududidan o‘tuvchi "Yangijoy-Gulobod" avtomobil yo‘lida haydovchi 28 yoshli A.G. bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomashinasini avtomobil yo‘lining "Yangijoy-Gulobod" yo‘nalishida boshqarib borib, o‘zining harakat yo‘nalishidan velosipedda harakatlanib borayotgan 45 yoshli O.U.ni orqa tomonidan urib yuborib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Natijada O.U. olgan tan jarohati natijasida hodisa joyida vafot etgan, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.