Samarqand tumanilik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining medaloni Belarusda topildi

Belarus poytaxti Minsk shahrida ushbu mamlakatning Qurolli kuchlariga qarashli maxsus qidiruv bataloni tomonidan "Stalag 352" nomli sobiq harbiy asirlar joylashgan lagerda olib borilgan qidiruv ishlarida Ikkinchi jahon urushida vafot etgan harbiylarning biridan medalon topib olindi.

Medalonda yozuvlari yaxshi saqlanib qolingan hujjat ham mavjud ekan. Unda quyidagilar bitilgan: “Egamov Oston, 1920 yil tug‘ilgan. Uzbekiston SSR, Samarqand oblasti, Samarqand shahri, Samarqand rayon, s/sovet Toshdakbalon, d.Okmachit. Samarqand RBK tomonidan safarbar etilgan”.

Belaruslik faollar ushbu insonning yaqin qarindoshlari bo‘lsa, murojaat qilishlarini so‘rab yozishmoqda. O‘z navbatida ism-familiyasi keltirilgan urush qatnashchisining qarindoshlari bo‘lsa, tahririyatimiz (tel: 66 233-91-58, 66 233-91-59)ga, saytimiz boti - @zarafshonbot’ga murojaat etishlarini so‘raymiz.