Samarqand tunda ham “qaynayapti”

Samarqand shahrining aksariyat hollardagi tungi holatini ko‘pchiligimiz yaxshi tasavvur qilamiz. Soat 20:00 yoki 21:00 lardan shahar tin oladi. Ko‘chalarda ham odam siyraklashadi. Go‘yo azim kent "jonsiz" holatga tushib qolardi.

Yangi yil yaqin... Bayramga allaqachon munosib tadorik ko‘ra boshlandi. Ko‘ksaroy maydonida bayram kayfiyatining yanada jo‘shqin bo‘lishiga xizmat qiluvchi o‘ziga xos "tomoshagoh" yaratilgan. Hozir soat 23:00 sari odimlayapti. Biroq maydonda yetti yoshdan yetmish yoshgacha yurtdoshlarimizni ko‘rish mumkin. Jo‘shqin kayfiyat... Xush damlar... Sababi maydonda sayr qilish, madaniy hordiq chiqarish uchun sharoit yaratilgan. Shaharni odatdagidan ancha "tirik" ko‘rish mumkin.

Aytmoqchimanki, Samarqandning har bir tunini shunday o‘tkazish mumkin-ku?! Bu mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun, samarqandliklar uchun ayni muddao.

Abduhoshim ZIYoDOV.