Samarqand viloyati delegatsiyasi - Eronda

Ayni kunlarda elektrotexnika, mebelsozlik, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik va tibbiyot sohalarida faoliyat olib boruvchi 30 dan ziyod tadbirkorlik sub’yektlaridan iborat viloyat delegatsiyasi Eronda bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida ular Tehron shahrida "Tehran Permanent International Fairgrounds"da "Iran Expo 2025" — Eronning eksport imkoniyatlarini namoyish qilishga qaratilgan ko‘rgazmada ishtirok etdi.
Shuningdek, Samarqand viloyati va Xurosoni Razaviy provinsiyasi o‘rtasida biznes-forum o‘tkazilib, ikkala hududning rasmiy vakillari ishtirokida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy hamda ijtimoiy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha muzokara olib borildi.

Tadbirlar davomida viloyatimizning iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari eng yirik korxonalar brendlari namoyish etilib, Eronning Xurosoni Razaviy viloyati, Mashhad va Tehron shaharlarida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan ham hamkorlik memorandumlari imzolandi.