Samarqand viloyati hokimi o‘z saytini ochdi

Shu yilning iyul oyida Samarqand viloyatiga rahbar bo‘lib kelgan E.Turdimov aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida telegrammda o‘z messenjerini tashkil etib, murojaatlarni qabul qilishni boshlagan edi. Dekabr oyigacha telegramm orqali 3200 ga yaqin murojaat kelib tushib, ularning aksariyati o‘z vaqtida yechim topgan.

Shuningdek, viloyat televideniyesida hokimlar va ularning o‘rinbosarlari, viloyatdagi boshqarma va idoralar rahbarlarining xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu ko‘rsatuvlar bir vaqtning o‘zida viloyat hokimining feysbukdagi sahifasida namoyish etib borilmoqda.

turdimov.uz saytida Samarqand viloyatidagi yangiliklarni yoritish, xalq fikrining berib borishga alohida e’tibor qaratilgan.