Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘zgardi

Samarqand viloyat IIBga rahbarlik qilib kelgan Shavkat Rahmonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Rahmat Mamatov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Rahmat Mamatov 1967 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan.

Mehnat faoliyati davomida ichki ishlar idoralarida mas’ul vazifalarda ishlagan. Xorazm, Farg‘ona viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga rahbarlik qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri bo‘lgan.

2020 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.